2019 yilning 10 oktabr kuni Aşxobod şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya taşqi siyosat idoralari rahbarlarining ikkinçi uçraşuvida iştirok etdi.

Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Rossiya TIV rahbarlari barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaş, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, madaniy-gumanitar sohadagi almaşinuvlarni faollaştiriş masalalari böyiça fikr almaşdilar.

Uçraşuvda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya hamkorligini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş, qöşma iqtisodiy loyihalarni amalga oşiriş, özaro savdo hajmlarini köpaytiriş borasidagi takliflar ham muhokama qilindi.

Vazirlar mazkur formatdagi uçraşuvlarni doimiy asosda ötkazib turişga kelişib oldilar.