Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev uning iste'fosidan keyin Qozoğistonda ikkihokimlik örnatilgani haqidagi gaplarni inkor etdi.
Qozoğistonga 30 yil rahbarlik qilgan Nazarboyev 20 mart kuni öz vakolatlarini topşirgandi. Şundan keyin mamlakat prezidenti lavozimini bungaça parlament senati raisi bölgan Qosim-Jomart Toqayev egallagan. Bir qator siyosatşunoslarning fikriça, Toqayev ma'muriyati qarorlarni qabul qilişdagi yagona markaz hisoblanmaydi va xavfsizlik kengaşi rahbari hamda Nur Otan partiyasi yetakçisi lavozimlarini saqlab qolgan Nazarboyev devonxonasi işiga tobe hisoblanadi.
“Bu heç qanday asosga ega emas, çunki Qozoğiston prezidentlik boşqaruvi şakliga ega unitar davlat hisoblanadi”, deb aytgan Nazarboyev “Xabar” telekanaliga intervyusida.
Nazarboyevning ta'kidlaşiça, Toqayev undan maslahat sörasagina, unga maslahat beradi. “Men yöl-yöriq körsatib turaman. Maslahatlaşsa – maslahat beraman, söramasa – bermayman”, deb aytgan Qozoğistonning birinçi prezidenti.












