Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisi muhokamasiga qöyilgan 19ta qonunning barçasi ma'qullandi.
Yalpi majlisning ilk kuni, 11 oktyabrda senatorlar faqat qonunlar muhokamasi bilan maşğul bölişdi. Yuqori palata vakolatidagi boşqa öndan ortiq turli masalalar esa 12 oktyabrda körib çiqiladi.
Juma kuni Senat tasdiğidan ötgan qonunlar quyidagilar:
- «Banklar va bank faoliyati töğrisida» (yangi tahrirda)
- «Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida» (yangi tahrirda)
- «Valutani tartibga soliş töğrisida» (yangi tahrirda)
- «Tölovlar va tölov tizimlari töğrisida»
- «Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida»
- «Ona suti bilan oziqlantirişni qöllab-quvvatlaş hamda gödaklar va kiçik yoşdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar töğrisida»
- «Metsenatlik töğrisida»
- «Mudofaa töğrisida» (yangi tahrirda)
- «Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida»
- «Oliy darajali «Döstlik» ordenini ta'sis etiş töğrisida»
- «Özbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilaş töğrisida»
- «Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qiliş kuçaytirilişi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalaştiriş mexanizmlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»
- «Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»
- «Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida»
- «Çet el fuqarolarining va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida vaqtinça böliş qoidalarini buzganligi uçun javobgarligi liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritiş töğrisida»
- «Bojxona ma'muriyatçiligi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»
- «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»
- «Madaniy ifodalarning turli xil şakllarini muhofaza qiliş va qöllab-quvvatlaş töğrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil 20 oktabr) ratifikatsiya qiliş haqidagi»
- «Özbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik böyiça Kartaxen protokoliga qöşilişi (Monreal, 2000 yil 29 yanvar) töğrisida»
Kun.uz öz an'anasiga muvofiq, Özbekiston qonun çiqaruvçi hokimiyatining eng oliy organida ötgan yalpi majlisdan fotoreportaj taqdim etadi.






























































