Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yaşirin yöllar bilan mamlakatga olib kirişga bölgan urinişlar bojxona organlari tomonidan öz vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida “tropikamid” dori vositalarining noqonuniy savdosiga barham berildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Çilonzor tumani Olmazor metro bekati yaqinida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqarolar B.Z. va X.B.lar 1617 dona tropikamid dori vositalarini 55 million sömga şartli xaridorga pullayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Şuningdek, qonunbuzarlardan körik davomida tegişli hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 290 ming sömlik 193 dona homiladorlikni aniqlovçi testlar va “tsiteal” nomli dori vositasi ham aşyoviy dalil sifatida olindi.
Yana bir holatda, Qatortol köçasida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.A. 1000 dona tropikamid dori vositalarini 32,5 million sömga şartli xaridorga noqonuniy tarzda sotayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan qölga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.












