Suriyaning Ras al-Ayn şahri yaqinida maşinalar karvoniga Turkiya harbiy samolyotlari hujum qilişi oqibatida 3 nafar xorijiy jurnalist halok böldi. Bu haqda kurd manbalariga iqtibos keltirgan holda Al Mayadeen telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, hujum oqibatida 11 dan köproq fuqaro halok bölgan. Tibbiy xodimlar ma'lumotlariga köra, qurbonlar soni jiddiy oşişi mumkin, çunki bombardimon vaqtida 100 ga yaqin odam yaralangan. Ulardan ba'zilari oğir ahvolda.
Avtokarvon Suriyaning çegaradagi Qamişli şahridan şimoldagi Ras al-Aynga yönalayotgan bölgan.
Karvondagi avtobus yölovçilari orasida xorijiy ommaviy axborot vositalarining jurnalistlari, jumladan, bir neça ingliz va fransuz muxbirlari, mahalliy OAV vakillari bölgan. Ular suriyalik kurdlar va turk kuçlari örtasida borayotgan jangovar töqnaşuvlar hududiga yönalayotgan bölganlar.












