Toşkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
«Bugun Toşkent davlat agrar universiteti Termiz filialida yiğiliş ötkazildi. Unda Toşkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Abduşukuroviç Sulaymonov, Surxondaryo viloyat hokimi örinbosari Çori Raxmonoviç Begimqulov va filial professor öqituvçilari iştirok etişdi. Yiğilişda taşkiliy masala körilib, şu kungaça Toşkent moliya instituti magistratura bölimi boşliği lavozimida işlab kelgan Jörayev Abduğaffor Safaroviç TDAU Termiz filiali direktori etib tayinlandi», deyiladi xabarda.
Abduğaffor Safaroviç Jörayev 1968 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti oliy, 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan, iqtisod fanlari doktori.











