Mirmansur Mirşahidoviç Mirhamidov içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Mirmansur Mirhamidov bungaça IIV Tezkor-qidiruv departamenti boşliğining birinçi örinbosari sifatida işlagan.
Joriy yil avgustida, Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida «Jasorat» medali bilan mukofotlangan.
U endi yanvardan buyon içki işlar vaziri birinçi örinbosari bölgan, şu yil oktabrida mudofaa vaziri lavozimiga ötkazilgan Botir Qudratxöjayev örnini egalladi.

















