Prezident qarori bilan, Saidqahhor Muhammadkarim öğli Xolxöjayev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar 2022-yil avgustidan buyon Toşkent şahri Çilonzor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Saidqahhor Xolxöjayev faoliyati davomida iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari, Markaziy bank raisi örinbosari kabi lavozimlarda ham işlagan.
Xolxöjayev 1981-yilda Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida tuğilgan. 2002-yilda Toşkent moliya instituti tamomlagan, 2004-yilda şu oliygohda magistrlik darajasini olgan, şundan keyin 17 yil davomida bank sohasida işlagan. 2017-2019 yillarda “Özagrosuğurta” kompaniyasi rahbari bölgan.
Avvalroq Çilonzor tumani hokimi lavozimiga Hayot Inoğomov tayinlangani xabar qilingandi.











