2019 yilning 14 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Boku şahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi (Turkiy kengaş) Taşqi işlar vazirlari kengaşining yettinçi yiğilişida iştirok etdi.

Ozarboyjon, Qirğiziston, Qozoğiston, Turkiya, Özbekiston va kuzatuvçi-davlat Vengriya taşqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy kengaş doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişning dolzarb masalalarini muhokama qildilar va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining öz işini boşlayotgan VII Sammiti çoğida imzolanişi rejalaştirilgan hujjatlarning loyihalarini körib çiqdilar.

Özbekiston delegatsiyasi rahbari öz nutqida Turkiy kengaş doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirişning maqsad va vazifalari borasidagi Özbekiston qaraşlariga töxtalib ötdi. Xususan, mamlakat savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanligi e'tirof etildi.

2017 yildan boşlab Özbekiston Turkiy kengaşning iştirokçi davlatlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasini yiliga örtaça 30 %ga oşirib bormoqda. 5 oktabr kuni Toşkent şahrida turkiy olam vakillari iştirokida Işbilarmonlar kengaşining birinçi yiğilişi va Investitsiya forumi bölib ötdi.

Xiva şahrining 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti deb e'lon qilinişi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.

Yiğiliş yakunida vazirlar tomonidan Turkiy kengaş faoliyatining taşkiliy-moliyaviy masalalari yeçimi, xususan Vengriyada Turkiy kengaş vakolatxonasini oçiş bilan boğliq qator hujjatlar tasdiqlandi.