Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri Panorama Studios Özbekistonda “Khuda Haafiz” (Tangri panohida asrasin) deb nomlangan romantik jangari filmni suratga olişni boşladi.
Filmga Faruk Kabir rejissyorlik qilmoqda. Özbekistonga suratga oliş işlarida iştirok etiş uçun Hindistondan 130 kişi va AQŞ, Rossiya hamda Yevropaning bir qator davlatlaridan 30 kişi keldi.
Şuningdek, Özbekistondan filmning suratga olinişida mingdan köproq odam – aktyorlar, texnik xodimlar, ommaviy sahnalar iştirokçilari jalb qilinadi.
Filmning Özbekistonda suratga oliş budjeti 1 mln dollarga yaqinni taşkil qilişi kutilmoqda. Film Toşkentda va Xivada suratga olinadi, keyingi suratga oliş işlari Hindistonda davom ettiriladi.
“Biz Özbekistonda film suratga olayotganimizdan mamnunmiz. Bu biz uçun nafaqat bu yerda işlaş, balki mamlakatingiz bilan yaqindan tanişiş uçun imkoniyatdir. Davlatingiz rahbariyati kinoturizm sohasiga hozirda qatta e'tibor qaratmoqda. Yaqinda butun dunyo mamlakatingizda suratga oliş uçun noyob joylar borligidan xabar topadi, boz ustiga 2020 yildan Özbekistonda “rebate” tizimi yölga qöyiladi. Işonçim komil, şundan keyin sizga köplab xorijiy, ayniqsa hind kinokompaniyalari oqib keladi”, deb aytgan film prodyuseri Satiş Şarma.












