“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida "AGRO TV” telekanalini taşkil etiş haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Bugungi kunda respublikamizda barça sohalarda bölgani kabi qişloq xöjaligi sohasida ham amalga oşirilayotgan özgariş va islohotlar xalqni juda xursand qilmoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilişiça, mamlakat aholisining köpçilik qismi qişloq joylarida istiqomat qilganligi sababli, aholiga qişloq xöjalik sohasida samarali mehnat qiliş va daromad topişga imkoniyat yaratilmoqda. 

Qayd etilişiça, hozirda issiqxona taşkil etganlik, tovuq, tuyaquş, qoramol boqqanlik, qalampir yetiştirganlik, paxta va boğdorçilik yönalişlarida köplab imtiyozli kreditlar berilmoqda, kundan-kunga yangiliklar qilinmoqda. 

“Biroq köpçilik bular haqida bilişmaydi. Şu maqsadda, ular haqida aholiga batafsil ma'lumotlar beruvçi, qişloq xöjaligi sir-asrorlarini örgatuvçi maxsus “AGRO TV” telekanalini taşkil etiş kerak”, - deyiladi petitsiyada.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “AGRO TV” telekanalini taşkil etişni taklif qilinmoqda.