Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining (Turkiy kengaş) Bokudagi 7-yiğilişida iştirok etib, kengaşni yanada rivojlantiriş böyiça ikkita taşabbusni bildirdi.

Nazarboyev dastlab Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va butun özbek xalqini Özbekistonning Turkiy kengaşga töla huquqli a'zo bölgani bilan tabriklagan.   

“Özbekistonning kengaşga kirişi - tarixiy va şu bilan birga butun turkiy tilli hamjamiyat uçun uzoq kutilgan voqeadir”, deb aytgan Elboşi. 

Nazarboyev turkiy integratsiya jarayonini davom ettiriş muhimligini ta'kidlab, kengaşni yanada rivojlantiriş böyiça ikkita taşabbus bildirgan.

“Birinçidan, “Turkiy nazar – 2040” dasturini işlab çiqişni taklif qilaman. Bu hujjatda turkiy tilli hamjamiyatning uzoq muddatli maqsadlari va bu maqsadlarga erişiş yöllari aks etişi kerak. Buning evaziga biz davlatlarimiz uçun taşqi siyosat va “yumşoq kuç” siyosati, savdo va tranzit, turizm va investitsiya, energetika va “yaşil iqtisodiyot”, kiçik va örta biznes kabi ustuvor yönalişlardagi hamkorlikni mustahkamlaşga sezilarli turtki beramiz”, deb aytgan Nazarboyev. 

“Ikkinçidan, istiqbolda Kengaş nomini körib çiqişni taklif qilaman. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi darajasini Taşkilot darajasigaça oşiriş kerak deb hisoblayman. Şu tariqa, tuzilmamizni “Turkiy davlatlar taşkiloti”deb ataş mumkin”, deb taklif qilgan Nazarboyev.