«Davlat mulki obektlaridan samarali foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoniga asosan, 1 sömga teng davlat köçmas mulk obektlari «E-IJRO AUKSION»da sotilişi va ular töliq sotilmagunga qadar savdodan olinmasligi belgilab qöyilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi mas'ul xodimlari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktor örinbosari Tölqin Nabiyevning ma'umot berişiça, ayni paytgaça 353ta böş turgan bino sotuvga çiqarilib, bozor mexanizmlariga asoslangan şaroitda ularning 99tasi sotilişiga erişildi. Har bitta obektga 7tadan talabgor töğri kelgani ham ijobiy özgariş.
«Avvallari bitta tumanda biror obekt sotilişi jarayonida tarğibot işlari yetarli bölmagani tufayli yerlik aholining köpçiligi xabardor bölmagan. Bugungi kunda elektron auksion orqali köçmas mulk obektlari sotila boşlanişi esa butun respublikaga töliq ma'lumot yetkaziş, xorijiy investorlarni ham axborot bilan ta'minlaş imkoni yaratildi», deya Tölqin Nabiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat köçmas mulk obektlari va davlat uluşlari uçun sotib olişga 3 oydan 3 yilgaça bölib tölaş huquqi ham berildi.
«Buning afzalligi tadbirkorlar biror obektni sotib olganda uning aylanma mablağlari bölmasligi ham mumkin. Bölib-bölib tölaş orqali ular foizli kredit oliş örniga pulni iqtisod qilib qolib, muddatli tölovni amalga oşirişlari mumkin», - deya qöşimça qildi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktor örinbosari.
Şuningdek, Tölqin Nabiyevning ta'kidlaşiça, oldingi tartib böyiça, tadbirkor obektni iş örinlari yaratiş majburiyati bilan sotib olgandan söng kamida 1 yil iş örinlarini öşa holatda saqlab qoliş majburiyati bölgan. Katta miqdordagi investitsiya majburiyatini bajargan taqdirda ham tadbirkor agar iş örinlarini saqlab qolmagan bölsa, u bilan tuzilgan şartnoma bekor qilingan yoki tasarruf etiş huquqini beruvçi order berilmagan.
«Hozirgi kunda bu talab bekor qilindi. Çunki investitsiya va iş örni yaratiş majburiyatini bajargan kuniyoq order beriş tartibi joriy qilindi. Çunki axborot texnologiyalari rivojlangani sayin 20 nafar xodim qilişi kerak bölgan loyihani 1 yildan keyin 2 kişi ham amalga oşirişi mumkin. Şuning uçun bu tartib bekor qilingani tadbirkorlarni turli noqulayliklardan qutqaradi», - deya izoh berdi Tölqin Nabiyev.










