Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, delegatsiya tarkibi qişloq xöjaligi texnikasi, avtomobilsozlik, oziq-ovqat va töqimaçilik sanoati, quriliş materiallari işlab çiqariş, qişloq xöjalik mahsulotlarini qayta işlaş, bank va konsalting xizmatlari sohalarida iş olib borayotgan 20 dan ortiq nemis kompaniyalari vakillaridan iborat.
Delegatsiya a'zolari orasida «Commerzbank» va «Landesbank Baden-Württemberg», «Trützschler GmbH & Co. KG», «Max Holder GmbH», «ABM Anlagenbau und Maschinentechnik GmbH», «Gühring GmbH», «SR Business Germany», «ITM Investment Trade Marketing GmbH», «Rödl&Partner» i «RSP-i» kabi yetakçi banklar va kompaniyalar vakillari bor.
Germaniyalik işbilarmonlarning bölajak tadbirda iştirok etişdan maqsadi Andijon viloyatining investitsiya va eksport salohiyati bilan bevosita tanişiş, şuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan töğridan-töğri aloqalarni örnatişdir.
Biznes-forum doirasida Germaniya işbilarmon doiralari vakillari özbekistonlik şeriklari bilan G2B va B2B formatlarida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan bölib, yakunda aniq investitsiya loyihalari va eksport şartnomalari böyiça kelişuvlarga erişiş kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda Andijon viloyatida Germaniya sarmoyasi iştirokida umumiy qiymati 200 million yevrodan ortiq qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Germaniya kompaniyalari Qörğontepa tumanida trikotaj fabrikasini modernizatsiya qiliş va tozalangan ösimlik moyi işlab çiqariş zavodini quriş, Xöjaobod tumanida transport-logistika markazini barpo etiş, Şahrixon tumanida quritilgan mevalar va ziravorlar işlab çiqariş loyihalarida iştirok etmoqda.












