Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholi daromadlarini oşiriş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda oziq-ovqat xavfsizligi va qişloq aholisi daromadlarini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uluğnorda paxtadan ozuqa ekinlariga ötkazilgan maydonlar hamda dala çetlaridan samarali foydalaniş orqali çorvaçilikni kengaytiriş imkoniyatlari körsatib ötildi. Uluğnor va Böstonda yirik çorvaçilik komplekslari loyihalarini işlab çiqiş topşirildi.

Baliqçidagi tovuq göşti yetiştiriş kompleksi tajribasi asosida Jalaquduq va Xöjaobodda yangi parrandaçilik loyihalari boşlanadi. Uluğnorda baliqçilik klasteri taşkil etiladi.

Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritiş uçun alohida «Agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Bahorgaça 4-5 ming gektar maydonga suv çiqarib, sanoatlaşgan boğlar barpo etiş boşlanadi. Boğlar uç yil parvarişlanib, aholiga tayyor holda taklif qilinadi.

Meva-sabzavotçilikda «gektardan – maksimal qiymat» tamoyiliga ötiş belgilandi. Aholiga kiçik qayta işlaş uskunalari lizingga berilib, tuman brendlarini yaratiş rağbatlantiriladi. Natijada yetiştirilgan mahsulotni qayta işlaş uluşini 30 foizga, eksportni 500 million dollarga yetkaziş imkoni bor. Baliqçidagi issiqxona loyihasi tajribasi respublika böylab ommalaştiriladi.

Şuningdek, Özbekistonda endi birjada paxta sotgan fermerga ham, uni xarid qilgan klasterga ham har tonna uçun 500 ming sömdan subsidiya ajratiladi.

«Taşqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksportda logistika xarajatlari oşib borayotgan şaroitda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot işlab çiqaruvçilar uçun qöşimça kömak çoralari belgilandi.

Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uçun 500 ming sömdan subsidiya beriladi. Öz yerida paxta yetiştirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million sömdan subsidiya oladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Tayyor mahsulot eksportçilarini qöllab-quvvatlaş uçun ularning xorijiy valyutadagi kreditlari böyiça foiz stavkasining 5 foizdan, milliy valyutadagi kreditlar böyiça esa 14 foizdan oşgan qismi uç yil davomida kompensatsiya qilinişi böyiça hisob-kitoblar kiritiş topşirildi.

Bundan taşqari,