Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi. U fuqarolarni taqiq va tahdidlar bilan özlarini çöçitişlariga yöl bermaslikka çaqirgan.
2017 yil 1 oktyabrda Kataloniya mustaqilligi böyiça ötgan referendumda mustaqillik uçun 90 foiz ovoz berilgan. Ispaniya hukumati esa referendumni noqonuniy deb topgandi.
Joriy yilning 14 oktyabrda Kataloniyaning uşbu referendum ötkazilişiga aloqador bölgan 12 sobiq mansabdor şaxsi 9 yildan 13 yilgaça, umumiy hisobda 100 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Şu kundan boşlab muxtoriyatning köplab şaharlarida, jumladan Barselonada Ispaniya siyosatiga qarşi norozilik namoyişlari boşlangan. Kataloniyaning sobiq rahbari, Belgiyaga qoçib ketgan Karles Puçdemon Ispaniya sudining qarorini qoralab, uni “rasvogarçilik” deb atagan va bunga “har qaçongidan kuçliroq javob beriş”ga çaqirgan.
“Ular mustaqillik haqidagi ovoz beriş qutilari uçun bizni 100 yillik qamoq jazosiga hukm qilar ekanlar, javob ayondir: biz buni yana qilişimiz darkor... Uşbu parlament vakolati muddati davomida [2022 yil boşida yakunlanadi] biz öz taqdirimizni özimiz belgilaşimizni amalga oşiriş uçun kuraşaman”, deb aytgan Torra.
Avvalroq Torra Barselonadagi tartibsizliklarni qoralab, osoyişta namoyiş ötkazişga çaqirgan edi.












