Mahalliy naşrlarda yozilişiça, fermadagi tekşiruv işlari vaqtida Avstriya fuqarosi bölgan 58 yoşli Yozef. B qölga olingan. U har zamonda fermaga kelib turgan, bu yerda uning 16 yoşdan 25 yoşgaça bölgan 6 farzandi töliq izolyatsiyada yaşab kelgan. Yozef. B tergovçilar bilan hamkorlik qilişdan boş tortgan, endi u sud qilinadi.

U noqonuniy ravişda ozodlikni çeklaş va salomatlikka xavf tuğdirişda gumon qilinmoqda. 

Uşbu xilvatdagi fermaga u yerdagilarning kattasi qoçib çiqib, mahalliy bardagilarga barça voqeani aytib berganidan keyin politsiya kelgan. 

25 yoşli yigitning taşqi qiyofasi va xatti-harakatlari bar egasi Kris Vesterbekda taşviş uyğotgan. «U beş hissa pivo buyurtma qilib, hammasini içdi. Keyin men u bilan suhbatlaşdim, u qoçib çiqqani va unga yordam zarurligini aytdi. Biz politsiya çaqirdik», - deb aytgan Vesterbek RTV naşri jurnalistlariga.

Fermaga eng yaqin uy 16 km masofada joylaşgan / EPA

«Uning soç-soqoli ösib ketgandi, eski kiyimda va nima bölayotganini tuşunmayotgandek körinardi. U heç qaçon maktabda öqimaganini va 9 yildan beri sartaroşga bormaganini aytdi»,-deya qöşimça qilgan bar egasi.

Vesterbekning sözlariga köra, yigit kiçik ukalari va singillari bilan fermada izolyatsiyada yaşaganini va ular bu joyni taşlab çiqişlari kerakligini anglagani haqida gapirib bergan.

Şundan söng politsiyaçilar uyga kirişgan va maxfiy eşik ortidagi pastga yönalgan zina orqali oila istiqomat qilgan yertölaga tuşişgan. U yerda yigitning 5 nafar uka va singillari, şuningdek, bolalar öz otasi deb atagan erkak topilgan.

Hozirda oila topilgan fermadan 16 kilometr uzoqlikda joylaşgan yana ikki uyda tintuv ketmoqda.

Qöşnilar heç nimani payqaşmagan

Politsiya ferma yertölasida maxfiy xonani aniqlagan / EPA

Uy çamasi 3 ming aholiga ega Ryunervold qişloğiga uzoq bölmagan hududda joylaşgan, ammo atrofida ösuvçi daraxtlari tufayli közga taşlanişi qiyin bölgan. Ferma qişloqdan ança uzoqda joylaşgan va unga yetib oliş uçun kanalga örnatilgan kiçik köprik orqali boriladi.

U yerda katta bölmagan xöjalik bor — tomorqa va eçki. Qöşnilardan birining sözlariga köra, avvallari bu yerda ğozlar va it bölgan, ammo u heç qaçon bu yerda bolalarni uçratmagan — faqat katta yoşli erkakni körgan. Tomorqada sabzavot ham yetiştirilgan.

Qöşnilar bir erkak fermaga muntazam kelib turgani, u bu yerda nimadir qurayotganini tusmol qilişgani haqida aytişgan. Ammo u doim darvozani yopib yurgan va heç kim bilan gaplaşmagan. 

Mahalliy xat taşuvçi u yerga heç qaçon xat olib bormaganini va bu ğalati bölganini endi payqaganini aytgan. 

Mahalliy naşrlardan birining muxbiri özining tvitterida şunday yozadi: «Körinişidan, oila oxirzamon kelişini kutiş maqsadida berkingan. Kanal böyidagi uy qişloqdan bir neça kilometr uzoqlikda. Hozirda jadal tekşiruv işlari olib borilmoqda. Bizni ötkazişmayapti».

«Bizda hali ham köplab savollar javobsiz qolmoqda», - deya yoziladi mahalliy politsiya tvitterida. Ayni vaqtda detektivlar ehtimoliy bir neça taxmin ustida boş qotirişmoqda.

Xususan, oila qaçondan beri yertölaga yaşirinib kelgani va bolalarning onasiga nima bölgani noma'lum. Merning sözlariga köra, ayol ança vaqt oldin vafot etgan.

Uy atrofi va uni örab turuvçi hududlarda politsiya nazorat örnatgan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, uşbu voqeadan söng 58 yoşli erkak insultni boşdan keçirdi.