Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, 2018 yil viloyatning Şerobod tumanida sement zavodi işga tuşirilgan edi. Bu yil Jarqörğon tumanida «Surxonsementinvest» xorijiy korxonasi barpo etildi. Bu yerda Germaniya, Avstriya, Rossiya va Xitoydan zamonaviy texnologiya va uskunalar örnatildi. 

Loyiha qiymati 144 million dollar bölgan korxonaning birinçi bosqiçi yakunlangan. Zavod töliq quvvat bilan işlay boşlagaç, yiliga 1,1 million tonna sement işlab çiqariladi va 750 ming tonna sement eksport qilinadi, 1125 kişi iş bilan ta'minlanadi.

17 oktyabrda Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu zavod salohiyati bilan tanişdi.

“Surxondaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari juda katta. Bu yerda yer osti boyliklar köp. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barça elementlar bor. Bundan oqilona foydalanişimiz, xalqimiz manfaati uçun işlatişimiz kerak”, dedi Prezident.

Şuningdek, kelgusida 12 million dollardan ziyod investitsiya jalb qiliş orqali quruq quriliş aralaşmalari, gidratlangan ohak, temir-beton mahsulotlari ham tayyorlaş rejalaştirilgan.

Şu yerning özida viloyatda sanoat, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, içimlik va oqova suv tizimlarini yaxşilaş, quriliş materiallari işlab çiqariş va eksport hajmini oşirişga qaratilgan loyihalar taqdimoti ötkazildi.

Mutasaddilarga viloyatning har bir tumanida 9-12 qavatli uylar quriş, Denov tumani iqtisodiyotini rivojlantiriş, tumanda erkin iqtisodiy zona taşkil etiş, viloyat eksport salohiyatini oşiriş, köproq investitsiyalar jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi.