Bugun, 17 oktabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Içki işlar vazirligi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi taşabbusi bilan matbuot anjumani taşkil etildi.

Tadbir davomida köplab savollarga sabab bölayotgan yaqin qarindoşlar tomonidan işonçnomasiz avtomobil boşqariş talablari haqida axborot berildi.

«Prezident qarorida 1 oktyabrdan yaqin qarindoşlar tomonidan avtomobilni işoçnomasiz boşqariş huquqi berildi. Lekin hali qonunosti hujjatlari qabul qilinmadi. Bu böyiça huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Öylanmanki, yaqinda loyiha tasdiqlanib amalga kiritiladi. Ayni paytda yaqin qarindoşlar ism-familiyasi suğurta polisida körsatilgan bölsa yoki suğurta polisi çeksiz (boşqaruvçilar soni böyiça) bölsa, fuqarolar yaqin qarindoşlarining avtomobilini işonçnomasiz boşqarişi mumkin», deya IIV yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, prezident tomonidan imzolangan «Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonga köra, joriy yilning 1 oktyabridan Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisida körsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoşlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) örtasida transport vositasidan foydalaniş va boşqariş töğrisidagi işonçnomani majburiy notarial tasdiqlaş tartibi bekor qilinadi.