Prezident “Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Kelayotgan yilning 1 yanvaridan e'tiboran qurilişi tugallanmagan uy-joylarni sotişda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi şaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berişda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.
Bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlaş talabi bekor qilinmoqda.
Xususan, 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab yaqin qarindoşlar örtasida notarial tasdiqlangan avtoişonçnoma bekor qilinadi.
2020 yil 1 yanvardan boşlab korxonani ijaraga, tekin foydalanişga beriş, birlamçi bozorda mol-mulkni lizingga beriş va garov (ipoteka) şartnomalarini majburiy notarial tasdiqlaş tartibi bekor qilinadi.













