Avtomototransport egalarining huquqlarini işonçli himoya qiliş maqsadida hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş rejalaştirilmoqda. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilindi.

Hujjat Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan. Loyihada avtomototransportlarga nisbatan rasmiylaştirilgan işonçnomada mazkur avtomototransportlarning respublika hududidan olib çiqiş huquqi mavjudligi yoki çeklanganlik holatini qayd etiş nazarda tutilgan.

Loyihaga ilova qilingan ma’lumotnomada işonçnoma asosida avtotransport vositalarini olib çiqib, ularni çet elda sotiş holatlari tez-tez uçrayotgani qayd etilgan. Hujjatda keltirilgan statistikaga köra, 2024 yilda 50 ga yaqin fuqarolarga tegişli transport vositalarining olib çiqilib, qaytarilmagani aniqlangan. 2025 yil iyun oyining özida 8 ta şunday holat qayd etilgan.

Oldinroq Bojxona qömitasi pul evaziga maşinalarni Tojikistonga ötkazib bergan şaxslarni foş qilgandi. Unda 8 nafar şaxs jami 59 ta maşinani haydab, çegara bojxona postlari orqali Tojikistonga ötkazib bergani bildirilgan.

Kun.uz maşinalar işonçnoma asosida çet davlatga olib çiqilib, sotib yuborilayotgani yuzasidan bir neçta suriştiruv e’lon qilgan. Jumladan, ötgan yil oxirida Abdulla Abdurasulov ismli şaxs tomonidan köplab odamlar çuv tuşirilib, maşinalari Qozoğistonga ötkazilib sotib yuborilgani aniqlangandi. Yaqinda esa şu kabi holat yana takrorlandi: bu safar bir guruh şaxslar odamlarni aldagan holda ularga tegişli avtomobillarni Tojikiston hududiga ötkazib, pullab yubordi.