Aviabloger Sem Chui Kanadaning Gamilton şahridan AQŞning Marana şahriga Qatar hukmron qirollik oilasiga tegişli bölgan Boeing 747-SP samolyotida parvoz qildi va öz taassurotlari bilan bölişdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
Çuining YouTube’dagi videosi 12 oktyabrda e'lon qilingan, biroq OAV e'tiboriga endigina tuşdi.
Samolyotda bir neçta xona mavjud: ikki kişilik karavotli yotoqxona, baxmal mato bilan qoplangan kursilari bor mehmonxona, uzun yoğoç stolli ovqatlaniş xonasi, oltin rakovinaga ega hojatxona, işçi xona, xizmatkorlar uçun ekonom-klassdagi xona.
Aviablogerning ta'kidlaşiça, samolyotda parvoz qiliş “haqiqatga aylangan orzu” böldi. “Men Boeing 747’ni, haşamatni, haşamatli sayohatlarni, aviatsiyani yaxşi köraman. 747-SP’da parvoz qilişdan yaxşiroq narsa bölişi mumkinmi?”, deb hayratini yaşira olmagan bloger. Çuining ma'lum qilişiça, samolyotni uç kişi boşqaradi.
Ma'lum qilinişiça, samolyotning narxi 178 mln yevroni taşkil qiladi. U 1979 yilda Pan Am aviakompaniyasi buyurtmasiga köra qurilgan va ilk transatlantik reyslarda qöllangan. Söngra samolyotni United Airlines aviakompaniyasi sotib olgan.
1995 yilda esa Boeing Qatar qirollik oilasi tomonidan sotib olinib, 2004 yilda qayta jihozlangan. 2018 yil avgustda samolyot sotuvga qöyilgani e'lon qilingan.








