Kaşmirning Tangdxar tumanidagi otişma vaqtida Hindiston tomondan 2 askar va bir fuqaro, Pokistondan esa 6 nafar fuqaro halok böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, yana 3 nafar hind va 8 nafar pokistonlik fuqaro yaralangan. Hindiston armiyasi vakilining aytişiça, Pokiston hududda amal qilayotgan öt oçişni töxtatiş rejimini buzgan va Hindiston javob çoralari körişga majbur bölgan.
Hindiston tomonining xabar berişiça, otişmalar jadal davom etmoqda.
5 avgustda Nyu-Dehli Jammu va Kaşmir ştatining tugatilib, örniga ikkita ittifoqdoş hududlar – Jammu va Kaşmir hamda Ladakx taşkil etilişini e'lon qilgandi. Pokiston bu qarorni qoralagan. Kaşmirning Hindistonga qaraşli qismida mamlakatdan ajralişni qöllab-quvvatlovçi guruhlar harakat qiladi. Nyu-Dehli Islomobodni terrorçilarni qöllab-quvvatlaşda ayblab keladi, Pokiston esa bu ayblovlarni rad etib keladi.












