Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi hududidagi yangi köçalarga nom beriş töğrisidagi poytaxt hokimi qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Loyihaga köra, biznes markaz hududida 6ta nomsiz köça mavjud va ularni quyidagiça nomlaş taklif etilmoqda:

  • Yangi Toşkent köçasi
  • Yangi Toşkent tor köçasi;
  • Öqçi köçasi;
  • Zargar köçasi;
  • Xadra köçasi;
  • Xadra tor köçasi.

Loyiha böyiça 2 noyabrga qadar taklif va mulohazalarni yozib qoldiriş mumkin.

Eslatib ötamiz, Tashkent city hududida Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi qurib bitkazilgan, prezident Şavkat Mirziyoyev bu obektlarni 9 oktabr kuni borib körgan edi. 12 oktyabrda şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev işbilarmonlik markazining oçilişi munosabati bilan videomurojaat yöllagandi.

Mazkur xalqaro biznes markazi qurilişi 2018 yilda boşlangan, undagi barça obektlar 2021 yilgaça qurib bitkazilişi rejalaştirilgan.