Kuni keça Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon internet tarmoğida axborot xavfsizligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2018 yil 5 sentyabrdagi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hujjat loyihasi muhokamaga qöyildi.

Taklif etilayotgan yangi tartibga köra, Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kanallari orqali veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasiga öz sayti va (yoki) sahifasidan qonunçilikka zid, qonunga muvofiq jinoiy va boşqa javobgarlikni keltirib çiqaruvçi axborotni öçirişni talab etuvçi xabarnoma yuboriş amaliyoti joriy etiladi.

Şuningdek, mazkur qaror bilan axborotni öçirişni talab etuvçi xabarnomani yuboriş tartibi töğrisida nizom ham tasdiqlanişi kutilmoqda.

Muhokamaga qöyilgan hujjat loyihasini qöllab-quvvatlaş bilan bir qatorda uni yanada takomillaştiriş yuzasidan quyidagi fikr va mulohazalarni bayon etişga qaror qildik.

«Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 12-1-moddasiga köra, veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, şu jumladan bloger hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan axborot joylaştiriladigan internet tarmoğidagi öz veb-saytida va (yoki) veb-sayt sahifasida joylaştirilgan axborotning notöğriligi aniqlangan taqdirda uni darhol öçirib taşlaşi şart.

E'lon qilingan yangi hujjat loyihasi mazmunidan köriş mumkinki, agentlik öz zimmasiga yuqorida sanab ötilgan vazifalarni bajarişga qaratilgan katta mas'uliyatni olmoqda. Şu yöl bilan, axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş bilan bir vaqtda veb-sayt, veb-sayt yoki messenjer sahifasi egalarining huquqlari himoyasi ta'minlansa ajab emas.

E'tiborli jihati şundaki, öz maqolasi yoki posti ostida qoldirilgan qonunga hilof izohning şu qoldirilgan joyida turişidan özini va qonunlarni hurmat qiladigan biror bloger manfaatdor bölmasa kerak. Faqatgina uning doimiy ravişda izohlarni kuzatib borişga vaqti bölmaydi. Bu funksiyani endilikda davlat organi öz zimmasiga olmoqçi, blogerdan esa kelib tuşgan xabarnomalarga öz vaqtida munosabat bildirib turiş talab etiladi.

Bundan taşqari, agentlik «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 12-1 moddasi talablarini buzilişini oldini oliş maqsadida öz zimmasiga veb-sayt egalari yoki blogerlar qilişi kerak bölgan vazifani olmoqda. Şuningdek, uşbu loyihaga fuqarolarda internet resurslari orqali muloqot qiliş madaniyatini şakllantiriş hamda etika qoidalariga rioya etilişiga erişiş sari taşlangan navbatdagi qadam deya baxo beriş mumkin.

Şunga qaramay, muhokama etilayotgan hujjatni kamçiliklardan xoli, deb bölmaydi. Qonun ijrosi bilan qonun böla olişini hisobga olsak, loyiha biroz takomillaştirilişi lozim.

Jumladan, loyihada Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida turib faoliyat yuritayotgan, hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan veb-saytlar va blogerlarning qonun talablariga zid postlari va ular ostida qodirilgan izohlar uçun xabarnoma yuboriş, bu xabarnomalar mazkur veb-sayt egalari yoki blogerlar tomonidan javobsiz qoldirilgan taqdirda qanday yöl tutilişi masalasi oçiq qolgan.

Bundan taşqari, faqat agentlik emas, balki har qanday vakolatli (manfaatdor) davlat organi va idorasiga ham töğridan-töğri veb-sayt egasi yoki blogerga qonun talablariga zid post yoki izohlarni öçirişni sörab xabarnoma yuboriş huquqini beriş kerak. Sababi, axborot oqimining bugungi kundagi şiddatiga agentlikning içki mehnat resurslari doş bera olmasligi aniq. Qolaversa, tor soha vakillarigina tuşunişi mumkin bölgan masalalar bevosita mutaxassis bölmagan agentlik moderatorlarning nazaridan çetda qolib ketişi mumkin.

Har bir blogerga u bilan töğridan-töğri boğlaniş imkonini beruvçi telefon raqami yoki messenjer manzilini agentlikka taqdim etiş majburiyatini yuklaş kerak. Bu yuborilayotgan xabarnomaning töğridan töğri blogerning özi (yoki uning işonçli vakili) tomonidan qabul qilib olganligini biliş uçun kerak böladi.

Ma'lumki, ommaviy axborot vositasi litsenziya talab qiladigan faoliyat turi hisoblanadi. Belgilangan tartibda röyxatdan ötib, litsenziya asosida faoliyat yuritib kelayotgan veb-saytlar agentlikning tegişli izohni öçiriş töğrisidagi xabarnomasini olgandan keyin ham bu talabni bajarmasligi litsenziyasidan mahrum qilişgaça bölgan jazo kutayotganini his etişga majbur qiladi.

Biroq, litsenziyaga ega bölmagan bloger esa, tabiiyki xabarnomani javobsiz qoldirişning oqibatlaridan köp ham xavotir (balki mas'uliyatdir) sezmasligi mumkin. Şu sababli, blogerlarning ham şaxsiy mas'uliyatini oşiriş maqsadida ularning rasmiy reyestrini yuritiş taklif etiladi.

Yana bir taklif, ma'lumki Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlovçi jamoat fondi mavjud. Biroq bu fondning maqsadi öz nomi bilan bosma ommaviy axborot vositalarining faoliyatini qöllab-quvvatlaşdan iborat.

Zamon taraqqiy etib, elektron ommaviy axborot vositalari, şu jumladan blogerlik faoliyati rivojlanmoqda. Elektron pressa olami vakillarini birlaştirib, faoliyatini qöllab-quvvatlovçi, ularning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlovçi, axborot xizmati körsatiş sohasini rivojlantirişga yönaltirilgan istiqbolli loyihalari va dasturlarini qöllab-quvvatlovçi nodavlat notijorat taşkiloti ta'sis etilsa, maqsadga muvofiq bölar edi.

Dilşod Abdukadirov,
huquqşunos.