Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi qolipli non mahsuloti böyiça iste'molçilar uçun ma'lumot tayyorladi. 

Qömita xabariga köra, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga qolipli non mahsulotining standarti, uşbu mahsulotni xarid qilişda nimalarga alohida e'tibor qaratiş lozimligi yuzasidan köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Şunga muvofiq, Qömita “Özstandart” agentligi bilan birgalikda iste'molçilar uçun kiçik ma'lumot taqdim etdi.

Bildirilişiça, qolipli non mahsuloti taşqi körinişi böyiça quyidagi talablarga muvofiq bölişi zarur:

şakli – qolipli nonga muvofiq şaklga ega bölişi, ortiqça qism börtib çiqmagan bölişi lozim;

taşqi körinişi – sezilarli yoriqlar, ortiqça şakllar bölmasligi lozim;

rangi – oç-sariq rangdan töq-jigarranggaça bölişi lozim, boşqa ranglar bölişiga yöl qöyilmaydi;

içki qism körinişi – yaxşi pişgan bölişi va elastik bölişi, barmoq bilan yengil bosilganda öz şakliga qaytişi lozim.

ta'mi va hidi – non mahsulotining odatiy ta'mi va hidi bölişi va ortiqça ta'm va hidlar bölmasligi lozim.

Şuningdek, non mahsulotlarining saqlaş şaroitlariga ham e'tibor beriş zarur. Bunda, saqlaş joyida non mahsulotlariga boşqa mahsulotlar aralaşmasligi, saqlaş joyi toza bölişiga e'tibor berişi kerak.

Qayd etilişiça, qolipli non mahsuloti 0,5 kg dan 1,1 kg gaça massada işlab çiqarilişi mumkin. Bugungi kun amaliyotida qolipli non asosan 0,5-0,6 kg.da işlab çiqarilmoqda (mahsulotning oğirligi farqi kamayiş tarafiga bir mahsulotning belgilangan oğirligiga nisbatan 3 foizdan oşmasligi kerak).

Bundan taşqari, iste'molçilar qolipli non xarid qilişda sotilayotgan qolipli nonni texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovçi hujjatlarni talab qiliş huquqiga egaligi eslatilgan.

Ta'kidlanişiça, non va makaron mahsulotlarining har bir partiyasi sotilayotganda texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovçi hujjatlar bilan jönatilişi şart.