Sönggi bir yilda Özbekiston işbilarmonlik muhitini yaxşilaşda eng katta yutuqlarga erişgan 20ta mamlakat qatoriga kirişga imkon bergan törtta islohotni amalga oşirdi. Bu haqda Jahon bankining Doing Business 2020 yangi har yillik hisobotida aytilgan.

2019 yilda Özbekiston «Biznes yuritiş» reytingida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-örinni egallab, 100 balldan 69,9 ball töpladi. 2018 yildan beri mamlakat 76-poğonadan 7 örin yuqoriga kötarildi. Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boşqa törtta davlat - Tojikiston, Ozarboyjon, Qirğiziston va Kosovo bilan birgalikda Özbekiston işbilarmonlik muhitini yaxşilaşda eng katta yutuqlarga erişgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.

Uşbu sohadagi asosiy islohotlar quyidagilar:

asosiy korporativ qarorlar qabul qilişda aksiyadorlarning huquqlari va örnini kengaytiriş, mulkçilik va boşqaruv tuzilmalarini aniqlaştiriş, şuningdek, korporativ şaffoflikni oşiriş orqali minoritar investorlar himoyasini kuçaytiriş;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişga soliqlarini daromad soliği bilan birlaştiriş orqali soliqqa tortişni soddalaştiriş;

xatarga asoslangan bojxona nazorati mexanizmini joriy etiş, şuningdek, import hujjatlariga talablarni yengillaştiriş orqali xalqaro savdoni soddalaştiriş;

ixtiyoriy mediatsiya töğrisida qonun qabul qiliş orqali şartnomalar ijrosini soddalaştiriş, şuningdek, taraflarni nizolarni mediatsiya orqali hal qilişga undaş uçun moliyaviy rağbatlar yaratiş.