Rossiya Federatsiyasining Sverdlovskiy viloyati Soğliqni saqlaş vaziri, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Tsvetkov boşçiligidagi işçi guruh 23 oktabr kuni Milliy olimpiya qömitasida böldi.

Qömita qoşidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) rahbari Abduşukur Sadikov va rossiyalik mutaxassislar örtasida keçgan suhbatda özaro hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.

«Muassasamiz Markaziy Osiyoda yagona bölib, Özbekiston terma jamoasi a'zolariga tibbiy xizmat körsatadi.

Yaqinda Rossiya Olimpiya qömitasining tibbiyot sohasidagi mutaxassislari bilan hamkorlik böyiça ijobiy kelişuvga erişib qaytgan edik. Sverdlovsk viloyatining tibbiyot sohasidagi imkoniyatlarini yaxşi bilamiz. Öylaymanki, mutaxassislarimizning özaro tajriba almaşişi yanada rivojlanişimizga turtki böladi», – degan Sodiqovning sözlarini keltirdi MOQ rasmiy sayti.

Öz navbatida Andrey Tsvetkov ham samimiy qabul uçun öz minnatdorçiligini bildirib ötdi.

«Özbekistondagi tibbiyot markazining imkoniyatini körib çiqmoqdamiz. Uning zamonaviy uskunalar bilan jihozlanganligiga şubha bölişi mumkin emas.

Bizda sport tibbiyoti çuqurlaştirib öqitiladigan oliy öquv-yurtlari va bu sohadagi malakali mutaxassislar bor. Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi bilan hamkorlikni yölga qöyişdan minnatdormiz», – dedi Andrey Tsvetkov.

Suhbat davomida özaro hamkorlikni yölga qöyiş böyiça memorandum imzolaş böyiça kelişuvga erişildi.

Uçraşuv yakunida mehmonlarga MOQning esdalik sovğalari taqdim qilindi. Şundan söng Andrey Tsvetkov boşçiligidagi delegatsiya RSTIAMni aylanib, uning moddiy-texnik bazasi, iş faoliyati bilan yaqindan tanişdi.