23 oktabr kuni Turkmaniston-Özbekiston çegarasidan maxfiy yuklar olib ötilayotgani haqida ma'lum qilingan edi.

«Xroniki Turkmenistana» tarqatgan xabarda Turkmanistonga tegişli 4ta yuk maşinasi «Forob» (Turkmaniston) va «Olot» (Özbekiston) çegara punktlari orqali harakatlanayotgani, ularning yuk hujjatlarida «Tekşiriş taqiqlanadi» deb yozilgani hamda tovarlar bojxona tekşiruvlaridan ötkazilmayotgani qayd etilgan.

Özbekiston Davlat bojxona qömitasidan Kun.uz'ga ma'lum qilişlariça, mazkur holat yuzasidan örganiş işlari amalga oşirilganda yuqoridagi xabar heç qanday asosga ega emasligi aniqlangan.

«Ta'kidlaş joizki, çegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan barça avtotransport vositalari amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida zamonaviy nazorat-texnik vositalarini qöllagan holda bojxona nazorati va rasmiylaştiruvidan ötkazilmoqda», – deyiladi rasmiy axborotda.

Eslatib ötamiz, «XT» öz muxbirlariga tayanib, yuk maşinalaridagi yuk hujjatlari Turkmaniston prezidentining opasi Gulnabat Dovletova tomonidan imzolangani va u rahbarlik qiladigan Turkmanistonning «Qizil yarimoy» jamiyati muhri bilan tasdiqlangani haqida yozgandi.