Xalq ta'limi muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş böyiça “Toşkent tajribasi” joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boşlab:

Toşkent şahridagi barça oliy öquv yurtlarining informatika va axborot texnologiyalari, pedagogika va psixologiya hamda umumta'lim fanlari (matematika, fizika, ximiya, biologiya va özbek tili kabi) kafedralarini umumiy örta ta'lim maktablariga biriktiradi va kafedraning professor-öqituvçilari tomonidan maktab pedagoglari uçun haftada kamida bir marotaba mahorat darslarini ötiş tizimini yölga qöyadi;

Toşkent şahridagi umumta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 3 ming nafarga yaqin ingliz tili öqituvçilarining barçasini bir yil muddatda C1-CEFR darajasiga olib çiqiş maqsadida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va boşqa oliy ta'lim muassasalarining xorijiy tillar kafedralari bittadan maktabni otaliqqa olib, reja asosida amaliy seminarlar, treninglar, “oçiq dars”lar, mahorat darslarini taşkil etadi;

bitiruvçi sinf öquvçilari va ularning ota-onalari uçun “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlarini muntazam ötkazadi;

umumta'lim muassasalari öquvçilari örtasida tizimli ravişda mahalliy fan olimpiadalari, jumladan “Toşkent STEAM fanlari olimpiadasi”ni ötkazilişini yölga qöyadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Xalq ta'limi vazirligi bilan  birgalikda 2020 yildan boşlab, Toşkent şahridagi ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim muassasalari öquvçilarining öqiş, matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajasini xalqaro baholaş dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS) asosida baholab borişni joriy etadi.

Toşkent şahar hokimligi va Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2021 yildan boşlab, Toşkent şahridagi tuman xalq ta'limi bölimlari qoşida öquvçilarda fundamental bilimlarni amaliy tajribalar asosida mustahkamlaşga, ularni ilmiy ijodkorlik va mustaqil tadqiqotlarga yönaltirişga qaratilgan yuridik şaxs maqomisiz STEAM laboratoriya markazlarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.