Sentabr oyida bölib ötgan Afğoniston prezidentligiga saylovlarning dastlabki natijalari 14 noyabrda e'lon qilinadi. Bu haqda Afğoniston mustaqil saylov komissiyasi raisi Havo Olam Nuristoniy ma'lum qildi, deb xabar berdi 1TV telekanali.

Uning sözlariga köra, 14 noyabr Afğoniston prezidentligiga saylovlarning dastlabki natijalarini e'lon qiliş muddati sifatida tanlangan. Matbuot anjumanida çiqiş qilar ekan, Nuristoniy komissiya saylovlar natijalarini e'lon qilişda "heç qaçon içki yoki taşqi kuçlar bosimi ostida bölmaganini ta'kidladi.

Avvalroq MSK sentyabrda bölib ötgan saylovning dastlabki natijasi 19 oktyabrda, yakuniy natijasi 7 noyabrda e'lon qilinişini bildirgandi.

19 oktabr kuni Havo Olam Nuristoniy prezident saylovining dastlabki natijasini belgilangan muddatda e'lon qila olmasligini bildirib uzr söradi.

U komissiya texnik sabablar bois natijani belgilangan muddatda aniqlay olmaganini ma'lum qildi. 

Afğonistonda 28 sentyabrda bölib ötgan prezident saylovida 15 nafar nomzod, jumladan, amaldagi prezidenti Muhammad Aşraf Ğani hamda boş vazir Abdulla Abdulla iştirok etgandi.

Bu 2001 yildan buyon Afğonistonda ötkazilgan törtinçi prezident saylovi böldi.