Xitoyning Huawei telekommunikatsion korporatsiyasi 2018 yilda dunyoda patent olişga ariza beriş böyiça yetakçi böldi. Biroq uşbu işlanmalar texnologik nuqtai nazardan AQŞdagi raqobatçi kompaniyalarga yutqazgan. Bu haqda Nikkei naşri Patent Result tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.
Huawei ötgan yil hammasi bölib patent olişga 5405 ariza bergan, bu esa patent olişga ariza beriş böyiça 2-örinni egallagan Mitsubishi Electric yapon kompaniyasi va 3-örinni egallagan Intel kompaniyasi arizalaridan 2 karradan köproqni taşkil qilgan. Biroq Xitoy kompaniyasi patentlaridan 21 foizini yuqori innovatsiyalar toifasiga kiritiş mumkin. AQŞning boşqa texnologik kompaniyalari, misol uçun, Qualcomm bozorda yanada samarador harakat qiladi. Uning yuqori texnologik patentlari uluşi 44 foizni taşkil qiladi.
Hisobotda ta'kidlanişiça, Huawei Xitoy kompaniyalari orasida patentlarni sotib olişda ham eng faoli bölgan. 2018 yilda kompaniya 500 ta patent sotib olgan, ulardan yarmi AQŞ firmalari va işlab çiqaruvçilariga tegişli bölgan. Gap raqamli signal, mobil tarmoqlarni boşqariş texnologiyalari va boşqalar haqida bormoqda. Patent Result tahlilçilarining fikriça, Xitoy kompaniyasi bunday siyosat hisobiga unga nisbatan sanksiyalar amal qilayotgan şaroitda qisqa muddatlarda texnologik mustaqillikka erişişni közlamoqda.
1987 yilda taşkil topgan Huawei telekommunikatsiya va iste'molçilik qurilmalari, jumladan smartfonlar işlab çiqaradi.












