Sport gimnastikasi böyiça 1992 yilgi Olimpiada çempioni, Özbekiston terma jamoasi a'zosi Oksana Çusovitina kelgusi yozda öz faoliyatini yakunlaşini ma'lum qildi. 44 yoşli sportçining faoliyatidagi sönggi musobaqa 2020 yilda Tokioda bölib ötadigan Olimpiada böladi, deb xabar beradi “TASS” axborot agentligi.
“Bu mening sönggi Olimpiadam böladi, men katta sportni tark etaman, faol sportçi bölmayman, lekin sportda qolaman. Men Özbekistonda bolalar va ösmirlar sportini rivojlantirişga yordam beraman va qölimdan kelgan barça işni qilaman, bundan keyin ham sportda yaşaşda davom etaman", dedi sportçi.
Çusovitina Tokiodagi öyinlarda qatnaşiş rejalarini oktabr boşida ma'lum qilgan edi. 2020 yilgi Olimpiada uning faoliyatidagi sakkizinçisi böladi. Musobaqa vaqtida gimnastikaçi 45 yoşda böladi.
2016 yilda Çusovitina sport gimnastikasi tarixida yettita Olimpiadada qatnaşgan yagona sportçi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Rio-de-Janeyrodagi musobaqalarda u tarixdagi eng yoşi uluğ gimnastikaçi bölgan edi.
Çusovitina uç karra jahon va Yevropa çempioni hisoblanadi. Faoliyati davomida u sobiq ittifoq, Germaniya va Özbekiston milliy terma jamoalari safida iştirok etgan. Nomdor sportçimiz 1992 yilgi Olimpiadada debyut qilgan va sobiq ittifoq davlatlarining birlaşgan jamoasi safida oltin medalni qölga kiritgan.
«Biz hammasini eslaymiz» — Çusovitina sportdagi yillari, Germaniyaga ketişi sababi va hayotidagi eng baxtli kuni haqida











