Özbekistonlik gimnastikaçi Oksana Çusovitina 2028 yilda Los-Anjyelesda bölib ötadigan Olimpiada öyinlariga yöllanmani qölga kiritiş uçun harakat qiladi. Bu haqda 48 yoşli sportçi ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

2028 yilgi Olimpiadaga yöllanmani qölga kiritiş uçun harakat qilasizmi, degan savolga Çusovitina «Ha!», deb javob berdi. Uning sözlarini RBK keltirdi.

May oyida Çusovitina jarohati sabab Osiyo çempionatida iştirok etmadi. Bu uning Parij-2024 Olimpiada öyinlariga yöllanma oliş uçun sönggi imkoniyati edi.

Çusovitina - badiiy gimnastikaning noyob vakili. SSSR, Germaniya va Özbekiston terma jamoalari tarkibida sakkizta yozgi Olimpiya öyinlarida (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) qatnaşgan.

1992 yilda Barselonada u Birlaşgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qölga kiritdi. 2008 yil Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi a’zosi sifatida kumuş medalni qölga kiritdi.

2028 yilgi Olimpiada öyinlari böladigan paytda Çusovitina 53 yoşga töladi.