Donald Tramp IŞID rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy Suriya hududida ötkazilgan maxsus amaliyot natijasida yöq qilingani haqida ma'lum qildi.
«Ötgan keça AQŞ jahonning birinçi raqamli terroristiga nisbatan adolatni qaror toptirdi. Abu Bakr al-Bağdodiy öldi. U dunyodagi eng şafqatsiz va zöravon terrorçilik taşkiloti – IŞIDning asosçisi va yetakçisi edi», dedi Tramp maxsus murojaatida. Trampning Oq uydagi nutqi jahonning köplab agentliklari tomonidan translatsiya qilindi.
AQŞ prezidentining sözlariga köra, ekspertiza natijalari aviazarba oqibatida öldirilganlar orasida al-Bağdodiy ham bölganini tasdiqlagan.
U özini portlatgan
Prezident al-Bağdodiy amerikalik harbiylar uçun birinçi raqamli nişon bölgani, u yaşayotgan joy aniqlangaç, öşa uyda bölgan 11 bola u yerdan çiqarilganini ma'lum qilgan.
Tramp u qanday ölganiga aniqlik kiritdi. Uning aytişiça, al-Bağdodiy aviazarbalardan keyin «qörqoqlarça qoçgan», ammo hududni tunnel orqali tark etiş uçun harakati muvaffaqiyatsiz keçgaç, öz belidagi portlovçi qurilmalarni portlatib yuborgan. Uning yonida bölgan uç bola ham u bilan birga halok bölgan.
«U oxiri ölimga olib boruvçi tunnel içiga dodlab baqirganiça yugurib kirayotganida öldi. Bungaça voqea joyidagilar yo taslim bölgan, yo otib taşlangan edi. Uydan 11 nafar bola olib çiqildi, ular jarohatlanmagan.
Tunnelda faqat uç bolasi bilan Bağdodiy qolgandi. Bizning itlarimiz uni ta'qib qilib borganida u tunnel oxiriga yetib qolgandi. Ustidagi portlovçi jiletini portlatib, özi va uç bolasini öldirdi. Portlaş natijasida uning tanasi bölaklarga bölinib ketdi.
U xuddi it kabi öldi. Qörqoqlarça ölim topdi. Dunyo yanada xavfsizroq», — dedi Tramp bayonoti söngida.
Tramp mazkur amaliyotda iştirok etganlarning barçasiga, birinçi navbatda amerikalik harbiylarga, şuningdek, Turkiya, Iroq, Suriya, Rossiya va kurdlarga minnatdorçilik bildirgan.
Tramp öz murojaatidan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytarişi asnosida Suriya şimolidagi havo hududini nazorat qilayotgan Rossiya amerikaliklar aviatsiyasiga Idlib viloyati osmonida harakatlanişi uçun yölak oçib berganini ma'lum qilgan.
«Hududga uçib kiriş va undan uçib çiqiş juda-juda xavfli edi. Biz juda jiddiy hujumga uçraşimiz mumkin edi. Rossiya biz uçib ötişimiz uçun öz nazoratidagi ayrim hududlarni oçib berib, juda ajoyib yöl tutdi.
Iroq tomoni ham juda yaxşi yordam berdi. Ular biz nima qilayotganimiz, qayerga ketayotganimizni aniq bilişmasdi. Ammo Rossiya va boşqa ba'zi davlatlar ham IŞIDdan nafratlanadi», dedi Tramp.
U amaliyotda iştirok etgan amerikalik harbiylarning heç biri şikastlanmaganini qayd etgan.
Havo zarbalari Turkiya va Suriya çegarasidan 5 km masofada - Turkiya armiyasining kurdlar ustiga yurişidan keyin Rossiya harbiy politsiyasi nazorat qilayotgan hudud yaqinida berilgan.
Al-Bağdodiy halok bölgani e'lon qilindi. Rossiya şubhalanmoqdaBirinçi marta emas

Abu Bakr al-Bağdodiyni 2014 yil 5 iyulidan buyon, Iroqning Mösul şahridagi masjidda Suriya va Iroq hududida «xalifalik» tuzilganini e'lon qilganidan buyon heç kim körmagandi.
Ötgan vaqt davomida köp marta u halok bölgani, asir olingani yoki oğir jarohatlangani haqida xabarlar tarqalgandi.
2015 yilda uning jarohati haqidagi ma'lumotlar tasdiqlandi.
2017 yil iyunida Rossiya Mudofaa vazirligi ham al-Bağdodiy Suriyaning Raqqa şahri yaqinidagi aviazarba oqibatida halok bölganini ma'lum qilgandi. Aviazarba IŞID yetakçilari yiğilgan binoga berilgandi.
2019 yil aprelida IŞIDning taşviqot kanali al-Bağdodiyga öxşaş şaxs iştirokidagi videorolikni tarqatgandi, 2019 yil sentyabrida esa guruh yetakçisiga tegişli bölgan audioyozuv tarqatildi.
Uni bu safar çindan öldirişdimi?

OMAR HAJ KADOUR/GETTY
27 oktyabrga ötar keçasiyoq amerikalik harbiylarning al-Bağdodiy ölimi bilan yakunlangan amaliyoti haqida xabarlar tarqala boşlagandi.
Reyter agentligi Iroq va Suriya hukumatlaridagi manbalariga tayanib al-Bağdodiyning ölimi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Manbalar ma'lumotiga köra, Bağdodiy Suriyaning Idlib viloyati hududida öldirilgan. Newsweek naşri yozişiça, amaliyot AQŞning maxsus harbiy topşiriqli harbiylari tomonidan amalga oşirilgan.

Suriya demokratik kuçlari rahbari general Mazlum Abdi amerikaliklarning kurd razvedkaçilari yordamida erişgan muvaffaqiyati haqida yozdi.
«Amerika Qöşma Ştatlari bilan razvedka ma'lumotlari almaşinuvi vositasida boşlangan tarixiy amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi», - degandi u tvitterdagi sahifasida.
General Mazlum aviazarbalarga beş oy davomida tayyorgarlik körilganini qöşimça qilgan.
OAV Al-Bağdodiy öldirilgani haqida xabar tarqatdi, Tramp ham muhim voqea röy berganiga işora qildi«Bizning qudratli, samarali harakatlarimiz yana bir bor kuçimiz va IŞIDga qarşi kuraşdagi qat'iyatimizni tasdiqladi», deya yozgan Suriya demokratik kuçlari matbuot xizmati rahbari Mustafa Bali.
Britaniyadagi Suriya inson huquqlari monitoring markazi amaliyotlar vertolyotlar orqali ötkazilgani, uning natijasida 9 kişi halok bölgani haqida xabar berdi.
Monitoring markazi ma'lumotiga köra, zarbadan maqsad Turkiya çegaralari yaqinida joylaşgan Barişa qişloğidagi avtomobil va uy bölgan.
Turkiya Mudofaa vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida yakşanbaga ötar keçasi amerikaliklar Idlibda Anqara bilan muvofiqlaştirgan holda amaliyot ötkazganini tasdiqlagan.












