Tramp sönggi uç yil davomida amerikalik harbiylarning birinçi raqamli nişoni aynan Abu Bakr al-Bağdodiy bölganini ta'kidlagan.
Havo zarbalari Turkiya va Suriya çegarasidan 5 km masofada - Turkiya armiyasining kurdlar ustiga yurişidan keyin Rossiya harbiy politsiyasi nazorat qilayotgan hudud yaqinida berilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa amerikaliklarning amaliyoti muvaffaqiyatiga şubha bilan qaramoqda.
«Bu xuddi kinodek edi»

AQŞ armiyasining maxsus topşiriqli bölinmalari jangçilari al-Bağdodiyning Suriya şimoli-şarqidagi Barişa qişloğida joylaşgan uyi yaqiniga tuşirilgan va harbiylar uy içiga bostirib kirişgan. Al-Bağdodiyning joyi aniqlanganda u yerdaligi ma'lum bölgan bolalarning 11 nafari taşqariga olib çiqilgan, taslim bölişni istamagan Bağdodiy tunnel orqali qoçişga uringan, ammo bu uriniş muvaffaqiyatsiz çiqqan.
«Biz köplab tunnellar borligini bilardik, ularning faqat bittasidan taşqari barçasi tösilgandi. Itlarimiz uni tunnelda ta'qib qilişdi. Yakunda u özini yonidagi uç bolasi bilan birga portlatib yubordi», - degan Tramp va portlaş oqibatida jasadlar tanib bölmas darajaga tuşgani, ammo ekspertiza xulosalariga köra terrorçining şaxsi aniqlanganini qöşimça qilgan.
Trampning sözlariga köra, terrorçi yöq qilinganidan söng 15 daqiqa içida bu IŞID rahbari ekani öz tasdiğini topgan. «Test natijalari bu aniq al-Bağdodiy ekanini körsatdi», – dedi prezident.
«U it kabi ölim topdi» — Tramp al-Bağdodiy yöq qilinganini tasdiqladiUning qöşimça qilişiça, mazkur operatsiya 2 hafta oldin boşlangan edi. Ammo al-Bağdodiyni yöq qilişga birinçi urinişlar muvaffaqiyatsiz keçgan: kamida uç marta amaliyot bekor qilingan.
«Lekin Suriya hududidan askarlarimizni olib çiqa boşlaganimizning bu amaliyotga aloqasi yöq», – dedi Tramp.
Amaliyot vaqtida AQŞ tomonidan yöqotişlar bölmagan. Tramp amerikalik harbiylarning bitta iti jarohatlanganini aytib ötdi.
Pentagon rahbari Mark Esperning ma'lum qilişiça, amerikaliklar al-Bağdodiyni imkoni boriça tiriklayin uşlaşga harakat qilişgan. Buning imkoni bölmaganda esa nişonni yöq qiliş buyurilgan edi. Şu maqsadda harbiylar avvaliga Bağdodiyni taslim bölişga köndirişga urinişgan.
«Biz uni taşqariga çaqirişga urindik, özi taslim bölişini söradik. U rad qildi. U yerosti yölaklariga tuşib ketdi va uni u yerdan olib çiqişga uriniş vaqtida özini portlatdi», – dedi Esper CNN muxbiri bilan suhbatda.
AQŞ Mudofaa vaziriga köra, amaliyot vaqtida amerikaliklar tomonidan ikki askar yengil jarohat olgan, hozirda ular allaqaçon öz vazifasini ötaşga qaytgan.
Tramp bayonotdan söng jurnalistlar savollariga javob berar ekan, 26 oktabr oqşomidagi operatsiyani Oq uyning situatsion xonasida «xuddi kino körgandek» tomoşa qilib turganini ma'lum qildi.
AQŞ yetakçisining aytişiça, uning yonida vitse-prezident Mayk Pens, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi rahbari Mark Milli va boşqalar bölgan. Oq uy mulozimi Dan Skavino tvitterda ayni jarayon vaqtida olingan suratni e'lon qildi.

Çapdan öngga: vitse-prezident Mayk Pens, milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçi Robert ÖBrayyen, Donald Tramp, mudofaa vaziri Mark Esper, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi rahbari – armiya generali Mark Milli, Birlaşgan qömitaning maxsus operatsiyalar böyiça direktori örinbosari Markus Evans.
«Men amaliyotning keçişini ştabdan turib kuzatdim, bu xuddi kino tomoşa qilişdek edi», - degan Tramp.
U Rossiya va Turkiyaga hamkorlik uçun minnatdorçilik bildirgan, Rossiya amerikaliklar aviatsiyasi uçun yölak oçib berganini qöşimça qilgan.
«Turkiya muammo hosil qilmadi. Ular biznikilarga öt oçib qolişlari ham mumkin edi, ammo bunday bölmadi», - deya javob bergan AQŞ prezidenti Turkiyaning bu amaliyotdagi roli haqidagi savolga javoban.
«Men amaliyot arafasida ruslar bilan gaplaşib, biznikilar yölga çiqişgani haqida aytdim», - degan Tramp. - Ular şunday deyişdi: «Ogohlantiruv uçun rahmat».
Rossiya muvaffaqiyatga işonmayapti
Rossiya Mudofaa vazirligi Trampning murojaatidagi sözlarga munosabat bildirib, amerikaliklar aviatsiyasi harakatidan xabardor emasligini ma'lum qildi.
«Göyoki bu «amaliyot»da töğridan-töğri iştirok etganlar soni köpligi, har birining bayonoti bir-biriga zid bölişi bu amaliyot ötkazilganiga, ayniqsa muvaffaqiyatli yakunlanganiga şubha va savollar tuğdiradi», - degan Rossiya harbiy muassasasi vakili Igor Konaşenkov.
Konaşenkovning sözlariga köra, şanba kuni Idlib hududida havo zarbalari berilgani sezilmagan, vazirlikdagilar amerikaliklar aviatsiyasi harakatlari haqida boxabar bölmagan.
Trampning sözlariga köra, jangçilar IŞID rahbarining uyida ikki soat davomida bölişgan va muhim hujjatlarni olişgan. Şundan keyin uy keyinçalik IŞID tarafdorlarining ziyoratgohiga aylanmasligi uçun «yer bilan bitta qilingan».
Abu Bakr al-Bağdodiy kim edi?

Uni IŞID rahbari va jahonning birinçi raqamli jinoyatçisi deb ataşadi, u köp yillardan beri ta'qibda. 2011 yilning oktyabrida AQŞ uni rasman «terrorçi» deb atagan va u qayerdaligi haqidagi ma'lumot uçun 10 mln dollar miqdorida mukofot e'lon qilgan.
Uning haqiqiy ismi Ibrohim Avad al-Badri hisoblanadi. U 1971 yilda Bağdoddan 125 km şimolda joylaşgan Samarra şahrida tuğilgan.
Ayrim manbalarga köra, u 2003 yilda koalitsiya kuçlari Iroqqa bostirib kirgan vaqtda Samarradagi masjid imomi bölgan. Ayrim ekspertlarning taxmin qilişiça, u Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn boşqaruvi vaqtidayoq ekstremistga aylangan edi.
Ammo u Iroq janubidagi Kemp-Bukka lagerida (bu yerda «Al Qoida»ning köplab qömondonlari saqlangan) ötgan 4 yil davomida radikallaşgani aytiladi.
U haqda 2010 yilda gapira boşlaşdi, öşanda keyinroq IŞIDga aylangan «Iroqdagi Al-Qoida» guruhi şakllangandi.
Uzoq vaqt davomida Bağdodiy Suriya va Iroq çegarasidagi hududda yaşirinib kelişi haqida gaplar yurardi. 16 sentabr kuni IŞID 30 daqiqalik audioxabar tarqatdi, unda Bağdodiyniki ekani aytilgan ovoz tomonidan IŞID tarafdorlari harbiy amaliyotlar ötkazişga çaqiriladi.
2017 yil iyunida Rossiya Mudofaa vazirligi ham al-Bağdodiy Suriyaning Raqqa şahri yaqinidagi aviazarba oqibatida halok bölganini ma'lum qilgandi. Aviazarba IŞID yetakçilari yiğilgan binoga berilgandi. Ammo öşanda AQŞ boşçiligidagi Xalqaro aksilterror koalitsiya bu xabarni tasdiqlamagandi.
Ikki nomzod IŞIDning yangi rahbari bölişga tayyorlanmoqda
Al-Bağdodiy ölimi haqidagi dastlabki xabarlar tarqalganidan söng IŞIDning boşqa yetakçilari nima qilişini bilmay qolişgan.
«IŞID yetakçisi öldirilgaç, ular uşbu voqeada bir-birlarini ayblaşni boşladi va guruh a'zolari orasida tarqoqlik hukmronlik qilmoqda», — deydi Iroq razvedkasi vakili.
Manba sözlariga köra, Al-Bağdodiy bilan birga uning xavfsizlik xizmatini boşqargan Gazvon Ar-Rauriy hamda iroqlik bir neçta terrorçi ham öldirilgan.
Al-Bağdodiyning örnini uning ikki yordamçisidan biri egallaşi mumkin. Al Mayadeen telekanali IŞID terrorçilari Abu Abdul Rahmon al-Jyezraviy hamda Abu Usmon al-Faransiy taşkilot rahbarligiga da'vogarligini xabar qildi.











