2019 yilning 30 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Özbekiston-Şveytsariya siyosiy maslahatlaşuvlarining oltinçi raundi bölib ötadi. 

TIV xabariga köra, unda iştirok etiş uçun Şveytsariya Konfederatsiyasi davlat kotibi örinbosari Kristina Marti Lang boşçiligidagi Taşqi işlar federal departamenti (vazirligi) delegatsiyasi Toşkent şahriga keladi.

Şveytsariya delegatsiyasining mamlakatga taşrifi doirasida Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Inson huquqlari böyiça milliy markazda uçraşuv va muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.