Respublika böyiça YaIMning şakllanişida Toşkent şahri 14,0 foiz uluş bilan eng katta hissa qöşdi. Toşkent viloyati 10,1 foiz va Samarqand viloyati 7,6 foiz körsatkiç bilan keyingi örinlarni egallab turibdi.
Davstatqöm xabariga köra, respublika YaIMni şakllantirişda eng kam uluş Sirdaryo (2,1 foiz), Jizzax (2,9 foiz), Xorazm viloyatlariga (3,7 foiz) hamda Qoraqalpoğiston Respublikasiga (3,5 foiz) töğri kelmoqda.
2019 yil yanvar–sentabr oylari yakunlari böyiça Toşkent şahri (8,2 foiz), Toşkent (7,3), Namangan (7,2 foiz), Andijon (6,9 foiz), Xorazm (6,6 foiz) va Farğona (6,1 foiz) viloyatlarida yuqori ösiş sur'atlari qayd etildi. Respublika darajasiga (5,7 foiz) nisbatan past ösiş sur'atlari Qaşqadaryo (2,8 foiz), Sirdaryo (3,8 foiz) va Navoiy (4,0 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
2019 yil yanvar–sentabr oylarida kiçik biznesning respublika yalpi içki mahsulotidagi uluşi 57,2 foizni taşkil etdi. Hududlarda kiçik biznesning eng katta uluşi Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qöşilgan qiymat umumiy hajmining 83,1 foizi), Surxondaryo (79,8 foiz) va Namangan (79,3 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Kiçik biznesning eng kam uluşi Navoiy viloyati (31,3 foiz), Qoraqalpoğiston Respublikasi (53,4 foiz) va Toşkent viloyatida (53,6 foiz) qayd etildi.












