2019 yilning 21-27 oktabr kunlari onlayn auksion orqali 3,5 mlrd sömlik avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda “ÖzRTXB” xabar bermoqda.

Şu kunlar davomida 921,0 mlrd sömlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 0,5 foizga yuqori. Kiçik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari iştirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 4 foizga ösib, 456,7 mlrd sömni taşkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 765,2 mlrd sömni taşkil etdi. Valuta savdo maydonçasi orqali deyarli 464,6 ming AQŞ dollarga teng tovarlar sotildi. Eksportning tarkibida 409,5 ming AQŞ dollarlik polimer mahsulotlari va 55,1 ming AQŞ dollarlik sanoat moyi sotildi.

Körgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi ikki marotabadan köpga oşgan bölib 52,1 mlrd sömni taşkil qildi. Kiçik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oşirilgan xaridlar 33,6 mlrd sömni yoki tuzilgan bitimlarning 64,5 foizni egalladi.

Körib çiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 777 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,5 mlrd sömni taşkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 17,2 foiz birinçi toifadagi avtoraqamlarga, 47,5 foiz ikkinçi va 35,3 foiz uçinçi toifa avtoraqamlarga tegişli böldi.