Taxminan 67 million yil oldin yaşagan Gas laqabli tiranozavr-reks skeleti Sotheby’s kimoşdi savdosida 50,1 million dollarga sotildi.
Lot dastlab 20-30 millionga baholangan edi. Gas kimoşdi savdosida sotilgan eng qimmat dinozavr skeletiga aylandi.

Avvalgi rekord 2024 yilda 44,6 million dollarga sotib olingan Apeks laqabli stegozavr skeletiga tegişli edi.
Lot tavsifidagi ma’lumotlarga köra, uning balandligi deyarli tört metr, uzunligi esa deyarli 12 metrni taşkil etadi. Bu eng yirik tirannozavrlardan biri bölib, uning skeleti 183 ta suyak elementi va kamdan-kam uçraydigan qorin qovurğalari — 32 ta gastraldan 30 tasini öz içiga oladi.
Gas skeleti suyaklar soni böyiça taxminan 61% va oğirligi böyiça 75-80% saqlanib qolgan. Uning boş suyagi taxminan 82% saqlanib qolgan bölib, u oltita tiş qatorining barçasini öz içiga oladi.
Gasning skeleti Janubiy Dakotadagi (AQŞ) xususiy çorvaçilik rançosidan topildi, u 2021 yildan 2023 yilgaça töliq qazib olindi. Dinozavr öz laqabini ranço egasi şarafiga olgan.











