Hukumat qaroriga muvofiq, yer qa’ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga çiqarişning boşlanğiç narxlarini qayta tasdiqlaş mexanizmi joriy etildi. Şuningdek, ruxsatnoma «birinçi kelgan - birinçi oladi» tamoyili asosida rasmiylaştirilganda, ariza beruvçi tomonidan auksionning boşlanğiç narxi miqdorida tölov amalga oşirilişi belgilandi.

Qaror bilan qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş uçun yer qa’ri uçastkalarini auksionga çiqarişda boşlanğiç narxni hisoblaş tartibi ham qayta körib çiqildi. Bunda har bir gektar uçun bazaviy hisoblaş miqdori 35 baravardan 100 baravarga oşirildi.

Şuningdek, Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligiga 2026 yil 1 oktyabrga qadar qazib oliş faoliyati uçun yer qa’ri uçastkalarining boşlanğiç narxini aniqlaş tartibini tasdiqlaş, 2027 yil 1 martga qadar esa kon va istiqbolli maydonlar haqidagi ma’lumotlarni «Geomonitoring» axborot tizimiga joylaştiriş vazifasi yuklatildi. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.