Unda ta'kidlanişiça, 2 ming 730 turdagi tovarlarga stavka joriy etilib, 1 ming 96 turdagisiga stavkalar oşiriladi, 208 turdagi mahsulotlarga esa stavkalar pasaytiriladi.

Tadbirda iştirok etgan Davlat bojxona qömitasi raisi örinbosari Mutalibjon Soliyevning sözlariga köra, şu yilning ötgan 9 oyida umumiy import hajmi 16,2 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan. Şundan 5,3 milliard AQŞ dollari miqdoridagi mahsulotlar MDH mamlakatlaridan olib kirilgan. Bojxona tölovlariga tortiladigan umumiy import esa 4,3 milliard AQŞ dollari miqdorida bölib, bundan MDH mamlakatlari hissasiga 2 milliard AQŞ dollari (46,3 foizi) töğri kelmoqda.

E'tiborlisi şundaki, MDH mamlakatlarida işlab çiqarilgan tovarlarni import qilişda import boji undirilmaydi.

Brifingda aytilişiça, davlat rahbarining 2019 yil 26 iyunda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga asosan şu yil 1 oktyabrdan QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga tuşirildi. Natijada 307,6 milliard söm mablağ TIF qatnaşçilari ixtiyorida qoldi.