Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiyasi yiğilişining 2026 yil 16 fevraldagi bayoni tasdiqlandi. Hujjatga muvofiq, yuqori qöşilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişni rağbatlantiriş, raqobatbardoşlikni oşiriş va mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ayrim import boji stavkalari örniga vaqtinçalik pasaytirilgan stavkalar joriy etiladi.
Vaqtinçalik boj stavkalari 2026 yil 17 fevraldan 2027 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. Şu bilan birga, 2027 yil 1 yanvargaça ayrim TIF TN kodlari böyiça olib kirilayotgan tovarlar tamaki mahsulotlari işlab çiqariş maqsadida import qilinganda, pasaytirilgan stavkalar “Loyihalar va import kontraktlarini ekspertiza qiliş markazi” DUKning ijobiy xulosasi asosida tatbiq etiladi. Agar uşbu şartlar bajarilmasa, tegişli tovarlarga belgilangan amaldagi stavkalar qöllanadi.
Pasaytirilgan stavkalar doirasida apelsin, ananas, greypfrut, pamelo va boşqa sitrus mevalar şarbatlarini işlab çiqarişda qöllanadigan mevalar konsentratlari uçun import boji 3 foiz etib tasdiqlandi.
Eng muhim yangiliklardan biri sifatida, olmoslar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toşlar hamda kabel mahsulotlarini işlab çiqariş maqsadida foydalaniladigan alyuminiy simlar import bojidan ozod qilingani qayd etildi.







