Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida MDH davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvida qatnaşadi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbada aytilişiça, uçraşuv Rossiya prezidenti Vladimir Putin taşabbusi bilan taşkil etilmoqda. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozoğiston birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev qatnaşadi.









