Prezident farmoni (PF–5-son, 19.01.2026 y.) bilan Özbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Xususan, prezidentning 2021 yil 20 oktyabrdagi “Raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişni yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ–5262-son qaroriga kiritilgan özgartirişga köra, ayrim turdagi xomaşyo va yarim tayyor mahsulotlar uçun import bojxona boji 2027 yil 1 yanvarga qadar “nol” stavkada qöllanişi belgilandi.

Qayd etilişiça, ilgari mazkur xomaşyo va yarim tayyor mahsulotlar uçun import bojxona boji 2024 yil 1 yanvarga qadar “nol” stavkada qöllanişi belgilangan edi.