«ERIELL Group» kompaniyasi burğilovçilari 2019 yilning 24 oktabr kuni «2017-2021 yillarda uglevodorod xomaşyosini qazib olişni oşiriş dasturi» doirasida Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan «Dengizköl» konidagi 317NN-sonli yönalişli quduq qurilişini yakunlaşdi va kunlik gaz oqimi 150 ming m³ ni taşkil etuvçi sanoat gaz oqimini qölga kiritdilar.
Bundan taşqari, Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Alan konidagi kunlik gaz oqimi 100 ming m³ bölgan sanoat gaz oqimiga ega 202-quduqning qurilişi yakunlandi.
Şuni ta'kidlab ötiş kerakki, yuqoridagi quduqlarni burğilaş nafaqat tuz-angidrit qatlamlarining suyuq tuzlarida (şör suvda) haddan taşqari yuqori bosim tufayli, balki rezervuarning anomal past bosimi bilan ham yuzaga kelgan murakkab geologik şaroitlarda amalga oşirildi.
Biroq «ERIELL Group» kompaniyasi burğilovçilari «Özbekneftegaz» MXK rahbarligi ostida zimmalaridagi vazifani muvaffaqiyatli bajarib, sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni asraş böyiça barça me'yorlarga rioya qilgan holda uglevodorod xomaşyosini qazib olişni köpaytirişni davom ettirişmoqda.
«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati












