“Özbekneftgaz” AJ sobiq raisi Bahodir Siddiqov va boşqalarga nisbatan jinoyat işi sudga oşirildi.

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, mazkur işda sudlanuvçilar 9 kişi bölib, ulardan 5 nafariga qamoq, 4 nafariga garov ehtiyot çoralari qöllangan.

JIB Yaşnobod tuman sudidagi dastlabki sud majlisi 24 iyul kuni soat 10:00 ga belgilangan. Sudya – Ubaydullayev Jasurbek Abduraşidoviç.

Sudlanuvçilar röyxati quyidagiça (Kun.uz ularning hozirgi yoki sobiq iş joyini oçiq manbalar asosida aniqladi; mazkur şaxslarga qöyilayotgan ayblovlar ularning körsatib ötilgan iş joylariga aloqador bölmasligi mumkin):

“Özbekneftgaz” AJ raisi lavozimida işlagan Sidiqov Bahodirjon Bahromoviç hamda “Özbekneftgaz” AJ raisi örinbosari lavozimida işlagan Anorqulov Baxtiyor Rahmanquloviç Jinoyat kodeksining –

  • 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a,v” bandlari;
  • 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “a,b” bandlari;
  • 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 2-qismi “a,b” bandlarida nazar tutilgan jinoyatlarda ayblanmoqda.

“Özbekneftgaz” AJ Xaridlar departamenti boşliği lavozimida işlagan Burxonov Dilmurod Nurxonoviç hamda “Özbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Maxsusenergogaz” AJ raisi lavozimida işlagan Xaqberdiyev Dilşod Murodoviç Jinoyat kodeksining –

  • 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a,v” bandlari;
  • 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 2-qismi “a,b” bandlarida nazar tutilgan jinoyatlarda ayblanmoqda.

“Enter Engineering Pte. Ltd” kompaniyasi