Tadbirda Özbekiston prezidentining Afğonistondagi maxsus vakili Ismatulla Ergaşev, «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi Bahodir Sidiqov, Özbekiston energetika vaziri örinbosari Baxtiyor Mamatkarimov iştirok etdi.

Afğoniston tomonidan «Tolibon» hukumatining iqtisodiy masalalar böyiça boş vaziri örinbosari Abdulğani Birodar va Afğoniston toğ-kon sanoati va neft vaziri Hidoyatulloh Badriy qatnaşdi.

Birodarning ta’kidlaşiça, loyihaning işga tuşirilişi Afğonistonning investitsiyalarni jalb qilişga tayyorligidan dalolat beradi. Uning sözlariga köra, uşbu loyihaning amalga oşirilişi uglevodorodlar va elektr energiyasi importiga qaramlikni kamaytirişga, iş örinlarini yaratişga, valuta çiqib ketişini kamaytirişga va gaz eksporti uçun asos yaratişga yordam beradi.

Amu.tv xabariga köra, loyiha bilan Özbekistonning Eriell kompaniyasi şuğullanmoqda va dastlabki yili 100 million dollarlik investitsiya kiritadi.

Tolonews xabariga köra, şartnoma «AERL Group» va «KAM Energy Company» bilan 25 yil muddatga imzolangan.

Avvalroq, Ismatulla Ergaşev loyiha «Eriell KAM» özbek-afğon qöşma kompaniyasi tomonidan amalga oşirilişini ma’lum qilgandi.

Töti-Maydon koni Afğoniston şimolidagi Juzjon va Faryob viloyatlarida joylaşgan bölib, taxminan 7 ming kv km maydonni egallaydi. Gaz zaxiralari 3 trln kub metrga baholanmoqda. Loyihaga investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarni taşkil etadi, ular ön yil içida investitsiya qilinadi.