29 oktabr kuni «Oila va mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tizimli taşkil etişda jamoat va davlat taşkilotlari hamkorligi» mavzusida öquv-seminari ötkazildi.

Öquv seminarida Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova, Yoşlar ittifoqi raisi Alişer Sa'dullayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, senator Dilorom Toşmuhamedova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, «Nuroniy» jamğarmasi Markaziy Kengaşi raisi Şuhrat Jalilov iştirok etdi.

Unda bölib ötgan videoselektorda Respublika Mahallalar kengaşi boşqaruvi raisi Ş.Javlonov raislik qildi.

«Joriy yilning 9 oyi davomida notinç oilalar ya'ni, oila-turmuş munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etganliklari uçun 12 490 nafar şaxslar profilaktik hisobga olingan bölib, 2018 yilning şu davriga (12 819 nafar) nisbatan 329 nafarga kamaygan bölsa-da, Toşkent viloyatida bunday holatlar 1019taga, Farğonada 567taga, Qaşqadaryoda 184taga, Buxoroda 142taga oşgan.

Noqobil oilalar, ya'ni farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatuvçi ota-onalar soni 4 473 nafarni taşkil etib, 2018 yilga (5 195 nafar) nisbatan 722 nafarga kamaygan. Biroq, Andijon viloyatida 207taga, Toşkent viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasida 74tadan, Xorazm viloyatida 17taga, Qaşqadaryo viloyatida 16taga, Toşkent şahrida 13taga köpaygan.

Ajrimlar soni joriy yilning 9 oyida 23 948tani taşkil etib, 2018 yil (23853) şu davriga nisbatan 95taga oşgan, jumladan, Toşkent şahrida 537taga, Buxoroda 39taga, Jizzaxda 32taga, Namanganda 30taga oşgan.

Joriy yilning ötgan davri mobaynida respublika böyiça 1498ta mahallalarda şundan, Qaşqadaryoda 26 foiz, Jizzaxda 23 foiz, Buxoroda 22 foiz, Sirdaryo, Qoraqalpoğiston Respublikasidan 21 foizdan, Samarqandda 19 foiz, Farğonada 18 foiz, Namanganda 17 foiz, Surhondaryoda 15 foiz mahallalarda jinoyatçilik oşib ketgan», – deya kengaş raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbir söngida Respublika mahallalar kengaşi, Xotin-qizlar qömitasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi, «Nuroniy» jamğarmasi, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda «Mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tizimli taşkil etiş böyiça jamoat taşkilotlarining 2019 yil noyabr-dekabr oylariga möljallangan hamkorlik dasturi» tayyorlandi va uşbu taşkilotlar rahbarlari tomonidan imzolandi.