“Taşabbusli byudjet”ning joriy mavsumida kelib tuşgan 759 ta şeriklik loyihasidan 114 tasi ğolib deb topildi.

Bu loyihalar uçun zarur mablağning 50 foizi taşabbuskorlar tomonidan töplanişi natijasida ular avtomatik ravişda, ovoz töplamasdan ğolib böldi. Qolgan 50 foiz mablağ mahalliy byudjetdan yönaltiriladi.

Şeriklik loyihalari böyiça fuqarolar mablağlarni 21-avgust, soat 17:00 ga qadar tranzit hisobraqamlarga ötkazişlari lozim.

“Taşabbusli byudjet” portalidagi maʼlumotlarga köra, joriy mavsumda 114 ta loyiha şeriklik asosida ğolib deb topilgan bölib, şundan:

  • 48 tasi – elektr energiyasi taʼminoti (transformator örnatiş, simyoğoçlarni almaştiriş va boşqalar);
  • 30 tasi – köça çiroqlarini örnatiş yoki taʼmirlaş;
  • 22 tasi – içki yöllarni taʼmirlaş bilan boğliq.
Openbudget.uz portalidan skrinşot

Hozirga qadar Qaşqadaryo viloyatida 33 ta, Samarqand viloyatida 23 ta, Xorazm viloyatida 15 ta, Navoiy viloyatida 14 ta, Sirdaryo viloyatida 9 ta, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida 7 tadan loyiha ğolib bölib ulgurdi.

Toşkent şahri, Andijon, Farğona, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidan şeriklik asosida birorta loyiha ğolib bölmadi.

Bugun tunda, 22-avgustdan boşlab loyihalarga ovoz beriş jarayoni boşlanadi. Ovoz beriş 31-avgustda yakunlanib, ğoliblar 1-sentabr – Özbekiston Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni eʼlon qilinadi.